2022 yil 11 yanvarda O‘zgidromet vakillari O‘zgidromet/Favqulodda vaziyatlar vazirligi/BMTTDning "O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi oqibatida yuzaga keladigan tabiiy xavflarga chidamliligini oshirish uchun erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish" qo‘shma loyihasini ishga tushirishga bag‘ishlangan seminarda ishtirok etdilar. Seminarda loyihani amalga oshirish strategiyasi va uni amalga oshirish rejasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.