Muzey faoliyati

O‘zgidromet Muzeyi Faoliyati

 

O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmatining 75 yilligi kuniga 1996 yil 7 mayda ochilgan.

Muzeyda - O‘zbekiston Gidrometxizmatining tashkil topishidan boshlab to shu bugungi kungacha rivojlanishining asosiy bosqichlarini batafsil yorituvchi fotosuratlar va ma’lumotlar berilgan

Bu yerda Toshkentning birinchi meteostansiyasining 1867 yilga oid kuzatishlar kitobchasi bilan tanishishingiz mumkin, hamda  1876 yili Nijniy Novgorodda o‘tkazilgan Umumrossiya sanoat va badiiy ko‘rgazmasining Diplomi taqdim etilgan.

Shu yerning o‘zida xizmatning mehnat faoliyati davrida chop etilgan asosiy ilmiy va ilmiy-uslubiy nashrlari, hamda turli davrda tayyorlangan gidrometeorologik asboblarning katta kolleksiyasi tashkil etilgan.

Eksponatlar orasida 1891 yilda ishlangan qadimgi katta stol, bu stolda Gidrometxizmati rahbarlari ish yuritishgan, shuningdek Fedchenko va Abramov muzliklarining maketlari, meteorologik maydonning maketi, do‘lga qarshi  asbob-uskunalar Markaziy Osiyoning relef xaritasi, unda O‘zbekiston Respublikasi meteorologik kuzatuv stansiyalaring kuzatuv  tarmoqlari ko‘rsatilgan, alohida o‘rin olgan

Ko‘p sonli fotoalbomlar va stendlar O‘zgidrometning turli bo‘limlari faoliyatini yoritib beradi: Gidrometorologik va agrometeorologik ta’minot xizmati,Suv kadastri  va meteorologik o‘lchovlar boshqarmasi, Tabiy muhit ifloslanish monitoringi xixmati, ATV «Meteoinfosystem”, Gidrometeorologiya ilmiy–tadqiqot instituti, “Gidrometasbob” IIChK, Toshkent gidrometeorologiya texnikumi.

Muzey O‘zgidrometning iqtisodiyot tarmoqlari va qishloq xo‘jaligi sohasiga xizmat ko‘rsatishda va respublikada gidrometeorologiya fanining yutuqlarini targ‘ib qilishda faoliyatiga oid materiallarni yig‘ish va namoyish etishga qaratilgan faoliyatini davom ettirmoqda

Gidrometeorologiya xizmati markazi faoliyati Faxriy yorliqlar, tabriknomalar, diplomlar va sovg‘alar bilan belgilangan bo‘lib, muzeyga taqdim etilgan. Ular orasida  Chimboy, Toshkent va Tomdi stansiyalari operatorlariga olib borilgan yuqori sifatili kuzatuvlari uchun 2005 yilda BMT faxriy  yorlig‘i berilgan. Gidrometxizmati xodimlari ixtirolar uchun patent va sertifikatlar olganlar

Muzey fondi Gidrometeorologiya xizmati xodimlari tomonidan taqdim etilgan asboblar, foto suratlar, ocherklar  va boshqa materiallar bilan to‘ldirilib boriladi. Hozirgi paytda muzey ekspozitsiyasida 368 ekponatlar mavjud.

Meteorologik xizmatning rivojlanishi to‘g‘risida tarixiy va ishonchli ma’lumotlarni olish uchun ekskursilar o‘tkaziladi. 2019 yildan - 2021 yilning apreligacha muzeyga 457 dan ortiq kishi tashrif buyurdi, ular orasida sobiq va hozirgi xodimlar, O‘zgidromet fahriylari va mehmonlari, malaka oshirish kurslari tinglovchilari, endigina kasb tanlashni tanlayotgan maktab o‘quvchilari va ularning o‘qituvchilari, shuningdek kollej va oliy o‘quv yurtlari talabalari bor.

Kuzatuv tarmoqlari xaritasi

Kuzatuv tarmoqlari xaritasi

1921 yildan 2017 yilgacha ishlagan O‘zbekiston Gidrometxizmatining rahbarlari suratlari galereyasi.

1921 yildan 2017 yilgacha ishlagan O‘zbekiston Gidrometxizmatining rahbarlari suratlari galereyasi.

1896 yil Nijniy Novgorodda o‘tkazilgan Umumrossiya sanoat va badiiy ko‘rgazmasi Diplomi.

1896 yil Nijniy Novgorodda o‘tkazilgan Umumrossiya sanoat va badiiy ko‘rgazmasi Diplomi.

1891 yil sentabr oyida ishlab chiqarilgan Devonxona stoli, bu stolda 1921 yildan 1962 yilgacha Gidrometxizmatning barcha rahbarlari ish faoliyatini olib borgan

1891 yil sentabr oyida ishlab chiqarilgan Devonxona stoli, bu stolda 1921 yildan 1962 yilgacha Gidrometxizmatning barcha rahbarlari ish faoliyatini olib borgan

Ko‘pgina ma’lumotlar: matnlar, fotoalbomlar va fotosuratlar ko‘rinishida berilgan.

Ko‘pgina ma’lumotlar: matnlar, fotoalbomlar va fotosuratlar ko‘rinishida berilgan.

Meteorologik stansiyalarda quyosh nur sochishining davomiyligini qayd etish uchun mo‘ljallangan universal Geliograf

Meteorologik stansiyalarda quyosh nur sochishining davomiyligini qayd etish uchun mo‘ljallangan universal Geliograf

Kollej o‘quvchilari ekskursiyasidan lavha

Kollej o‘quvchilari ekskursiyasidan lavha

Kollej o‘quvchilari ekskursiyasidan lavha