Gidrometeorologiya sohasi foydalanuvchilari va hurmatli iste’molchilar diqqatiga!

Gidrometeorologiya sohasi foydalanuvchilari va hurmatli iste’molchilar diqqatiga!


 

Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilishda qulay shart-sharoitlar yaratish, vazirlik tizimidagi korxona, tashkilot va aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati, shuningdek, koʻrsatilayotgan gidrometeorologiya xiamati va boshqa xizmatlarni koʻrsatish jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ariza, shikoyat va takliflarni koʻrib chiqish jarayonini takomillashtirish maqsadida 2019 yil 1 fevraldan O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 55 503 21 20 ishonch telefoni tashkil etildi.

Murojaat yo’llashdan oldin unutmang, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq:

Murojaatlarda fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan, taklif, ariza yoki shikoyatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi lozim. Ushbu ma’lumotlar ko‘rsatilmagan murojaatlar anonim xat hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.

Fuqaro o‘z murojaatini – ariza, taklif yoki shikoyatni vakolatli davlat organiga shaxsan yoki aloqa vositasi orqali taqdim qilish huquqiga ega. Murojaat qilayotgan shaxs voyaga yetmagan yoxud layoqatsiz bo‘lgan taqdirda, murojaat tegishli tartibda, qonunchilikka muvofiq ularning vakili tomonidan taqdim qilinishi mumkin.

 

Ishonch telefoni statistik maʼlumotlari

Ishonch telefoni reglamenti

Batafsil