O’zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi
(O'zgidromet) ning Xalqaro Hamkorlik faoliyati
O’zgidrometning xalqaro ilmiy-texnik faoliyati O’zbekiston Respublikasining majburiyatlarining bajarilishini ta'minlashdan kelib chiqadigan joriy va uzoq muddatli rejalar, vazifalar asosida amalga oshiriladi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq, O’zgidrometga yuklatilgan, quyidagi yo'nalishlardagi ishlarni muvofiqlashtirish, hamda: BMTning quyidagi xalqaro Konventsiyalari bilan o’zaro hamkorlik bo'yicha ijro etuvchi agentlik hisoblanadi.
- Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT);
- Birlashgan Millatlar tashkilotining iqlim o’zgarishi bo’yicha doiraviy Konventsiyasi (BMT IO’DK);
- Birlashgan Millatlar tashkilotining iqlim o'zgarishi bo'yicha doiraviy Konventsiyasiga doir Kiota bayonnomasi (BMT IO’DK KB).
- Iqlim o’zgarishi bo’yicha Parij bitimi.
Shuningdek, O’zgidromet Orol dengizi havzasi dasturini amalga oshirish bo'yicha Orolni qutqarish xalqaro jamg'armasining (MFSA) yetakchi hamkorlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda O'zgidromet Global ekologik jamg’arma (GEF), Moslashuv jamg’armasi (MJ), Yashil iqlim jamg’armasi (YaIJ), Birlashgan Millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD), Atrof muhit dasturi (YUNEP), BMT industrial taraqqiyot dasturi (UNIDO), YuNESKO xalqaro gidrologik dasturi (YuNESKO XGD), Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ-GTZ), Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti bilan yaqindan hamkorlik qilib, O’zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari bilan bir qator ekologik loyihalarni tayyorlash va bajarishda qatnashadi.
Jahon meteorologiya tashkiloti.
O’zbekiston Respublikasi 1993 yilning 22 yanvarida Jahon meteorologiya tashkilotiga (JMT) a'zo bo’ldi. O’zgidromet Bosh direktori esa Hukumat qaroriga binoan tayinlanadi va JMTda O’zbekiston Respublikasining doimiy vakili sifatida faoliyat yuritadi. O’zgidromet JMTning barcha dasturlarini amalga oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda. 1967 yildan beri O’zgidromet Jahon ob-havo xizmati tizimidagi mintaqaviy meteorologik markazlardan birining vazifasini bajarib, o’ziga biriktirilgan mintaqada meteorologik axborotlarni yig’ish va tarqatish bo’yicha zimmasidagi vazifalarni to’laligicha amalga oshiradi.
JMT doirasida O’zgidromet har yili qimmatbaho ma'lumotlarni, shu jumladan sun’iy yo’ldosh, aerologik, turli xil ob-havo xaritalarini, haqiqiy ob-havo va xorijiy aeroportlar uchun qisqa muddatli ob-havo ma'lumotlarini, hamda dunyodagi etakchi meteorologik markazlarning sinoptik ma'lumotlarini oladi. Ushbu ma'lumotlarning qiymati, eksport hisob-kitoblariga ko'ra, har yili 20 million AQSh dollaridan oshadi.
JMTga a'zo barcha davlatlar meteorologik tarmoqlari to’liq yoki qisman bir mintaqada joylashgan 6 ta mintaqaviy meteorologik assotsiatsiya (MA) bo'linadi. O’zbekiston MA II - Osiyo mintaqaviy assotsiatsiyasining a’zosi bo’lib, uning tarkibiga Osiyo qit’asining JMTga a'zo 35 ta mamlakati kiradi.
Birlashgan Millatlar tashkilotining iqlim o’zgarishi bo’yicha doiraviy Konventsiyasi (BMT IO’DK),
O’zbekiston Respublikasida 1993 yilda ma’lum majburiyatlarni o’z zimmasiga olgan holda, BMTning iqlim o’zgarishi to’g-risidagi Konventsiyaga qo’shildi. O‘zbekiston uchun 1994 yil 21 martda kuchga kirgan.
Konventsiyaning maqsadi atmosferadagi issiqxona gazlari darajasini barqarorlashtirish va atrof-muhitni yumshatish va iqlim o’zgarishiga moslashtirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
O’zbekistonning BMT IO’DKdagi ishtiroki O'zbekistonda qator muhim xalqaro loyihalarni amalga oshirish uchun iqlimni moliyalashtirish bo’yicha turli xalqaro jamg’armalariga kirish imkoniyatini beradi.
Birlashgan Millatlar tashkilotining iqlim o’zgarishi bo’yicha doiraviy Konventsiyasiga doir Kiota Bayonnomasi.
1998 yil noyabr oyida O’zbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyat tomonidan Konventsiyani amalga oshirish yo’llarini belgilab qo’yilgan Kioto Bayonnomasini imzoladi. U 1999 yil 20 avgustda ratifikasiya qilingan va 2005 yil 16 fevraldan boshlab kuchga kirdi.
Kioto Bayonnomasi Birlashgan Millatlar tashkilotining iqlim o'zgarishi bo'yicha doiraviy Konventsiyasining ilovasi hisoblanadi.
Kioto Bayonnomasi bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarish uchun rivojlangan mamlakatlar, Kioto Bayonnomasi tomonlari hisoblangan iqtisodiyotga o’tish davrida bo’lgan va rivojlanayotgan mamlakatlarda issiqxona gazlar emissiyasini kamaytirishga qaratilgan, toza rivojlanish mexanizmi (TRM) bo’yicha texnologik loyihalarga faol investisiya kiritmoqda.
Rivojlangan davlatlar yordamida O’zbekiston hududida TRM texnologik loyihalarini yanada amalga oshirishda ishtirok etish xalqaro moliyaviy tashkilotlar uchun yangi investisiya kanallarini ochadi ochiladi.
O’zgidromet ushbu Konventsiyaga qo’shilgan davrdan xozirgi kunga qadar, (25 yil) Konventsiyani amalga oshirish bo’yicha respublika majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarib kelmoqda.
Iqlim o’zgarishi bo’yicha Parij bitimi.
2015 yil 12 dekabrda Parijda bo’lib o’tgan BMTning Iqlim o’zgarishi bo’yicha Doiraviy Konvensiyasi Tomonlar Konferentsiyasining 21-sessiyasida (COP 21) iqlim o’zgarishi bilan bog’liq global tahdidlarga qarshi kompleks ta’sirni kuchaytirish maqsadida Parij bitimi (PB) qabul qilingan, 2016 yil 4 noyabrda kuchga kirgan va 2020 yildan boshlab amalga oshirila boshlangan.
PBga muvofiq, БМТ ИЎДКning barcha 196 mamlakatlarida issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo’yicha majburiyatlar mavjud.
O’zbekiston 2018 yil oktyabr oyida Parij bitimini ratifikatsiya qildi va 2030 yilga qadar yalpi ichki mahsulot birligi uchun o’ziga xos issiqxona gazlari chiqindilarini 2010 yilga nisbatan 10 foizga kamaytirish majburiyatini oldi.
O’zgidromet Konventsiyaga a’zo bo’lgan paytdan boshlab, 25 yil mobaynida Respublikaning Konventsiya oldidagi majburiyatlarini bajarib kelmoqda.
Xalqaro gidrologik dastur (XGD)
O’zgidromet suv resurslari bo’yicha YUNESKOning Xalqaro gidrologik dasturi (XGD) bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasini boshqaradi, uning yordamida suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish maqsadida O’zbekiston o’zining ilmiy salohiyatini mustahkamlash imkoniyatiga ega.
YUNESKOning suv resurslari va ular bilan bog’liq ekotizimlar muammolarini hal qilishda asosiy vositasi sifatida XGD mavjud ijtimoiy muammolarni hisobga olgan holda suv resurslari tizimidagi xatarlarni minimallashtirishga va suv resurslarini barqaror boshqarish bo’yicha yondashuvlarni ishlab chiqishga qaratilgan.
O’zgidromet Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi homiyligida Orol dengizi havzasi dasturi (ODHD) loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish bo’yicha faol ish olib bormoqda.
O’zgidrometning xalqaro tashkilotlar va Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy gidrometeorologiya xizmatlari (MGMX) bilan faol o’zaro aloqalarida Orol dengizi havzasida kuzatuv, monitoring va aloqa tizimlarini takomillashtirish bo’yicha loyihalar tayyorlanmoqda va amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar gidrologik muammolarni hal qilishga va ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan. Hozirga qadar O’zgidromet mutaxassislari ODHD -3 tarkibiga kiritilgan loyiha takliflarini tayyorladilar.
Xalgaro Hamkorlik doirasida Orol dengizi havzasi daryolari oqimlarini prognozlashtirish tizimini takomillashtirish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.
Xalqaro Ko’rgazmalar Byurosining “Tabiat donoligi” jahon ko’rgazmasining asosiy mavzusini aks ettirish nominatsiyasida bronza mukofotiga sazovor bo’lgan O’zbekiston Respublikasining EKSPO-2005 Aichi, Yaponiyadagi Milliy ekspozitsiyasining yutug’iga qo’shgan katta hissasi uchun O’zgidromet Faxriy Diplom bilan taqdirlangan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga a'zo davlatlarning Gidrometeorologiya bo’yicha Davlatlararo kengashi (MDH GDK) doirasida O’zgidromet Markaziy Osiyo davlatlarining Milliy gidrometeorologiya xizmatlari bilan yaqin hamkorlik qiladi.
O’zgidrometning faol ishtirokida Orol dengizi havzasida gidrologik muammolarni hal etish va ekologik vaziyatni yaxshilash uchun havza Milliy gidrometeorologik xizmatlari (MGMX) o’rtasida zich xamkorlik o’rnatilgan.
O’zgidrometda shuningdek, bir qator xalqaro bitimlar bajarilmoqda. Ular orasida:
- XXI asr Kun tartibi;
- ozon qatlamlarini himoyalash bo’yicha konvensiyasi;
- Monreal protokoli;
- YUNEP/GEFning “Iqlim o’zgarishi bo’yicha BMT doiraviy konvensiyasiga muvofiq Milliy Xabarnomalarni tayyorlash” loyihasi;
- Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasining O’zbekiston Respublikasidagi loyihalari.
- Jahon bankining “Markaziy Osiyo mamlakatlarida gidrometeorologik xizmat ко’rsatishni yaxshilash” loyihasi.
O’zgidromet mutaxassislari xalqaro ilmiy simpoziumlar va seminarlarda taqdimot va ma’ruzalari bilan qatnashadilar
O’zgidromet vakillarining taqdimot va ma’ruzalari O'zbekistonda mutaxassislarning yuqori darajadagi tayyorgarligini ko’rsatadi.
O’zgidromet mutaxassislari ko’plab ilmiy maqolalarni nufuzli va vakolatli xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etdilar.
Xalqaro tashkilotlar ko’magi va O’zgidromet ustozlarining mehnati bilan ko’plab yosh mutaxassislar xorijdagi xalqaro kurslarda malaka oshirib, diplom va sertifikatlarga ega bo'ldilar.