Tahlil va monitoring

Tahlil va monitoring


2025 YIL BAHOR MAVSUMI TAHLILI

 

O‘zbekiston bo‘yicha 2025 yil bahor mavsumi iqlim me’yoridan ancha iliqroq bo‘ldi.

Hududning katta qismida bahorning o‘rtacha harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 3-3,8 darajaga yuqori bo‘ldi. Faqat Surxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida haroratning me’yordan og‘ishi 2-2,5 daraja atrofida bo‘ldi.

O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha 2025 yil bahori eng iliq bahor fasllari uchligiga kirdi. 

Respublikaning ko‘pchilik hududlarida (shu jumladan, Toshkentda) bu yilning bahor fasli O‘zbekistondagi meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq bahor fasli bo‘ldi .

Bahorning birinchi oyi iqlim me’yoriga (ko‘p yillik me’yorlarga) eng yaqin bo‘lib, mart oyining o‘rtacha harorati me’yordan 1-2 darajaga yuqori bo‘ldi.

Aprel va may oylarida o‘rtacha oylik havo harorati me’yoriy qiymatlardan 2,5-5 darjaga yuqori bo‘lishi qayd etildi.

Mavsum davomida sovuq to‘lqinlar kam, atigi 3-4 marta kuzatildi.

Haroratning me’yordan 5-7 darajaga pasayishida eng kuchli sovuq to‘lqin mart oyining birinchi besh kunligida kuzatildi. Eng sovuq kechalarda (3-4 mart) havo harorati hududning katta qismida 3-8 daraja sovuqqacha, shimolda 12-17 daraja sovuqqacha, Ustyurtda 23-24 daraja sovuqqacha pasaydi.

Uch oy ichida eng issiq, hatto yoz faslidagiga o‘xshash issiq davrlarda ham maksimal havo harorati ekstremal qiymatlarga yaqinlashdi: 

* mart oyida 25-30 daraja, janubda 31-35 daraja;

aprel oyida 34-37 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududida 38-39 daraja;

* may oyida 37-40 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 41-43 daraja, Qizilqum cho‘lining g‘arbida 45 daraja bo‘lishi kuzatildi.

Bir qator hududlarda aprel va may oylaridagi maksimal harorat rekordlari yangilandi.

Aprel va may oylarida yog‘ingarchilik kam kuzatilganligi  o‘tgan bahorning o‘ziga xos xususiyatidan biri bo‘ldi.

Mart oyida respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilikning umumiy miqdori oylik me’yor atrofida va undan kam bo‘ldi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik oylik me’yordan 1,2-1,7 marta ko‘p yog‘di.

Mart oyining boshlarida yomg‘ir qorga aylanish holatlari kuzatilib, bu davrda hududlarda qisqa muddatga qor qoplamlari shakllandi. Mart oyining oxiriga kelib qor qoplami faqat respublikaning tog‘li hududlarida saqlanib turdi.

Umuman olganda, bahor juda quruq bo‘lishi kuzatildi. O‘zbekiston hududining katta qismida bahorfasli uchun yog‘ingarchilik miqdori me’yordan foizdan 65 foizgachani tashkil etdi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida mavsumiy yog‘ingarchilik miqdori me’yorga yaqin bo‘ldi.

 

Ta’kidlash joizki, 2024-2025 yillarning qish mavsumida ham O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik taqchilligi kuzatilgan.             

 

 

2022 yilning III choragi, oylar uchun daryolarga suv oqib kelishining asosiy prognozi tuzildi

Respublika boshqaruv organlariga bildirgilar, sharhlar, ob-havoning haqiqiy va kutilayotgan holati va suv resurslari haqidagi ma’lumotnomalar tayyorlanib, ularga yetkazildi.

O‘rta Osiyo tog‘larida yog‘ingarchilik to‘planishi va qor zahiralari to‘planishi haqidagi ma’lumotnomalar tuzildi, 2022 yilning vegetatsiya davriga, 2022 yilning III choragi, oylar uchun daryolarga suv oqib kelishining asosiy prognozi tuzildi.

Prognozlarning o‘rtacha aniqligi:

- qisqa muddatli meteorologik- 95,

- o‘rta muddatli meteorologik - 94%,

- qisqa muddatli gidrologik - 93%,

- uzoq muddatli gidrologik - 80%.

Meteorologik xavfli hodisalar haqida (kuchli yomg‘irlar, do‘l, shtorm shamollar, chang-to‘zonlar, havo haroratini pasayishi) 11 ta shtorm ogohlantirishlar tuzildi.

Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar hisobiga O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin xavfi haqida 13 ta shtorm ogohlantirishlar tuzildi.

Umuman 18 ta xavfli meteorologik hodisalar: kuchli yog‘ingarchilik, do‘l, chang to‘zonlari bilan shtorm shamollar kuzatildi.

Toshkent, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida sel va yomg‘ir toshqinlari o‘tishi kuzatildi.

Xavfli gidrometeorologik hodisalar haqida ogohlantirish - 97% ni tashkil etdi.

So‘rov bo‘yicha yaqin va uzoq Xorij shaharlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ob-havo prognozlari, tahliliy ma’lumotlar, bildirgilar tuzildi. O‘zgidromet saytida, Internet-resurslarida, OAV da joylashtirish uchun materiallar tayyorlandi.

GMTB mutaxassislari Jahon Banki va JMT vakillari, Finlyandiya meteorologiya xizmati vakillari bilan ishchi uchrashuvlarda, Shimoliy Yevrosiyo Iqlim Forumining 22-sessiyasida, COSMO-CA texnologiyasini rivojlantirish va ob-havonining xavfli hodisalarini (SWFP) prognozlash Dasturi bilan o‘zaro aloqalar bo‘yicha seminarda, ishchi hujjatlarni muhokama qilish va iEasyHydro amaliy dastur ta’minotida avtomatik gidrologik komplekslar ma’lumotlaridan foydalanishning amaliy bosqichlarini ishlab chiqish bo‘yicha mintaqaviy seminarda ishtirok etdilar. Tadbirlarda mutaxassislar tomonidan GMTB ning tematik faoliyati bo‘yicha taqdimotlar taqdim etildi.

AMSG tarmog‘i sinoptiklari bilan malaka oshirish kurslari doirasida ma’ruzalar o‘tkazildi.

OHPB ning barcha mutaxassislari Buxoro viloyatida o‘rnatilgan radiolokator ma’lumotlaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qitildi va yo‘riqnomalar oldi.

GPB mutaxassislari NIS MKVK, BVO Sirdaryo, Suv xo‘jaligi vazirligi va Qozgidromet bilan xamkorlikda gidrologik postlarda (O‘zgidromet) va Sirdaryo-Ko‘kbuloqda (Qozgidromet) o‘lchash ishlarini o‘tkazdilar.

Ommaviy axborot vositalariga ob-havo prognozlarini taqdim etish va haqiqiy gidrometeorologik sharoitlar holatini baholash bo‘yicha faol ishlar olib borildi.

 

O‘zbekiston iqlimi

O‘zbekiston Respublikasi Yevroosiyo mintaqasining markaziy qismida
37-45o sh.k. 56-73o sh.u. orasida joylashgan. Umumiy maydoni 447,9 ming.km2 ni tashkil etadi, bundan 78,8% tekisliklarga, 21,2% - tog‘ va tog‘ oldiga kiradi. Hudud Markaziy Osiyning qurg‘oqchil zonasiga kiradi. Mamlakatning to‘rtdan besh qismi cho‘l va yarim cho‘l hududlardan iborat, janubi-sharqdan va sharqdan ulkan tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan.

Quyosh radiatsiyasi yuqori darajada kelishi va atmosfera sirkulatsiyasi kontinental iqlim tipini shakllantirib, havo harorati ancha o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi va yozi issiq va quruq, bahori nam, qishi o‘zgaruvchan bo‘ladi. Mamlakat hududi har turli havo massasi kirib kelishi uchun ochiq. Atlantik
va arktik havo massalari shimoldan, shimoli-g‘arbdan va g‘arbdan keng tekisliklarga kirib keladi. Qishda janubiy siklonlarning iliq qismida tropik havo massalari kirib kelishi natijasida harorat keskin ko‘tariladi va bundan keyin esa havo (harorat) keskin pasayadi. Iyul oyida hududlar bo‘yicha o‘rtacha havo harorati shimolda 26° dan respublika janubida 30° gacha o‘zgarib turadi, maksimal harorat 47-49° ga yetadi. Yanvar oyining o‘rtacha havo harorati shimolda 8° sovuqgacha va janubda 0° iliqgacha pasayadi, minimal harorat 38° sovuqgacha (Ustyurt platosida) yetadi.

Yoz oylarida cho‘l hududlarining juda isishi kontinental tropik havoni shakllantiradi, u o‘ta quruqligi bilan ajralib turadi. Yog‘ingarchilik juda kam (bir yilda 80-200 mm atrofida), bunda ularning o‘zgaruvchanligi juda katta. Orol dengizi yog‘ingarchilik miqdoriga deyarli ta’sir etmaydi, faqat ensiz qirg‘oq oldi zonasida yuqori namlik kuzatiladi.

Tog‘ oldi hududlarda yog‘ingarchilik miqdori ko‘payadi. Tog‘ tizmalari bag‘rlarida, nam havo massalariga ochiq tog‘ tizmalarida – 600-800 mm va undan ko‘p bo‘ladi. Bahor oylarida tog‘larda qor ko‘chkilari bo‘lishi mumkin. Eng ko‘p jadal yomg‘irlar sel toshqinlarini yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

Oxirgi o‘n yillikda iqlimning global isishi kuzatilmoqda, u atmosferaga parnik gazlarni antropogen tashlashlar, shuningdek boshqa iqlimiy faktorlari natijasidadir.

2023-yilda O‘zbekiston hududi bo‘yicha o‘rtacha yillik havo harorati me’yordan 1.0-2.0° yuqori bo‘ldi (1-rasm)

O‘zbekiston hududining katta qismida yillik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam (35-78%), Qoraqalpog‘istonning, Toshkent, Xorazm viloyatlarining ko‘pchilik tumanlarida, Sirdaryo viloyatining ayrim joylarida, Farg‘ona vodiysi va Surxondaryo viloyatining ba’zi joylarida me’yor atrofida va undan ko‘p (80-150%) (2-rasm) bo‘ldi.

 

11

1-Rasm. O‘zbekistonning viloyat markazlari bo‘yicha
o‘rtacha yillik havo haroratining ko‘p yillik o‘zgarishi

 

2111

2-Rasm.  O‘zbekistonning viloyat markazlari bo‘yicha yillik yog‘in
miqdorining ko‘p yillik o‘zgarishi