O‘zbekiston Respublikasi
Gidrometeorologiya xizmati markazi (O'zgidromet)

Хизмат ҳақида

O‘ZGIDROMET


Gidrometeorologiya xizmati markazi (O'zgidromet) O'zbekiston Respublikasida gidrometeorologiya sohasidagi masalalarni hal etish bo'yicha maxsus vakilolatga ega davlat boshqaruv organi hisoblanadi.

Gidrometeorologiya xizmati markazi vazifalariga gidrometeorologik kuzatuvlar davlat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini gidrometeorologik ma'lumotlar bilan ta'minlash, ilmiy-tekshirish ishlarini o'tkazish, ob-havo, daryolar suvliligi, iqlim o'zgarishining qisqa va uzoq muddatli prognozlanishini yaxshilash.

Amudaryo va Sirdaryo daryo havzalari va ularni tashkil etuvchilaridagi gidrologik ob'yektlarning suv rejimini kuzatish ishlari olib boriladi. O'zgidromet O'zbekiston Respublikasining barcha hududlari bo'yicha gidrometeorologik va agrometeorologik kuzatuvlarni amalga oshiradi. O'zgidromet javobgarligi zonasida uzoq muddatli kuzatuvlar o'tkazuvchi stansiyalar joylashgan.

Foydalanuvchilarni gidrometeorologik ma'lumotlar va ular asosida tayyorlangan prognostik va tahliliy axborotlar bilan ta'minlash gidrometeorologik monitoringning asosiy maqsad va vazifalari hisoblanadi.

O'zgidromet BMT Jahon Meteorologiya Tashkilotining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi va uning asosiy maqsadi - ob-havo va iqlimni kuzatish, meteorologik, gidrologik va atrof muhit sharoiti ustidan boshqa kuzatuvlar haqidagi boshqa ma'lumotlarni to'plash va almashishda hamkorlikdan iborat.

1967 yildan boshlab Toshkent - Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Rossiyaning osiyo qismidagi davlatlarda meteorologik axborotlarni to'plash, ob-havo va prognozlar xaritasini tayyorlash va tarqatish bo'yicha 29 ta mintaqaviy meteorologik markaz vazifasini bajarib kelmoqda. Bu O'zgidrometning Xalqaro ob-havo xizmati tizimidagi ma'suliyat zonasidir.

O'zgidromet tarkibiga atrof muhit ahvolini kuzatish bo'yicha 400 tadan ortiq kuzatuv punktlari kiradi. Respublika hududida 1921 yildan boshlab meteorologik, gidrologik va agrometeorologik kuzatuvlar o'tkaziladi. Suv ob'yektlari, havo, tuproq sharoitini ekologik kuzatish ishlari esa 1972 yildan beri o'tkaziladi.