25 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

25 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

25.09.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 25-27 sentabr kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan salqin va biroz nam havo kirib keladi.
25 sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 26-27 sentabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.
25-26 sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
27 sentabrda Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin.
25 sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida, 26 sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 27 sentabrda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda (2500 m dan yuqorida) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
26 sentabrda shimolda, 27 sentabrda respublikaning barcha hududlarida havo harorati kechalari 10-13o gacha, kunduz kunlari 22-25o gacha pasayadi.

25 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.Harorat 30-35o bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. 
Harorat 32-34o bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-27° bo‘ladi.