O‘zbekiston iqlimi
O‘zbekiston Respublikasi Yevroosiyo mintaqasining markaziy qismida 37-45° sh.k. 56-73° sh.u. orasida joylashgan. Umumiy maydoni 447,7 ming.km2 ni tashkil etadi, bundan 78,8% tekisliklarga, 21,2% - tog‘ va tog‘ oldiga kiradi. Hudud Markaziy Osiyoning qurg‘oqchil zonasiga kiradi.