Meteorologik radarlarining imkoniyatlarini o'rganish
21.09.2022
Finlyandiya meteorologiya instituti va O‘zgidromet FUME qo‘shma xalqaro loyihasini amalga oshirish doirasida 19-23 sentabr kunlari O‘zgidromet sinoptiklari uchun meteorologik radarlarning (SRL) axborot imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha trening o‘tkazilmoqda. Treningning ochilishida O‘zgidromet bosh direktorining o‘rinbosari F.Safarov so’zga chiqdi.
Treningni Finlyandiya meteorologiya instituti mutaxassislari Enne Xirsikko xonim va Jakko Xirvonen janoblari olib boradilar.
O‘zgidromet mutaxassislarining kasbiy va ta’lim darajasini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ushbu trening qisqa muddatli ob-havo prognozi, intensivligini o'lchash va suyuq yog'ingarchilikning intensivligi va miqdorini tasniflash uchun tezkor xizmatda SCRL ko'lamini o'rganishga qaratilgan.