O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 19-23 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
19.09.2022

Bugun va hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha barqaror harorat fonida quruq va biroz iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda harorat asosan kechalari 13-18°, kunduz kunlari 29-34° atrofida bo‘ladi. Bu sentabr oyining ushbu kunlari uchun o‘rtacha ko‘p yillik harorat qiymatlaridan biroz yuqoridir.
Faqat respublikaning tog‘li hududlarida 21 sentabr, chorshanba kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.