Uzoq davr beqaror, yomg‘irli ob-havodan so‘ng, bugun ertalab deyarli respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yomg‘ir to‘xtadi va kun davomida respublikaning katta qismida kam bulutli quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Farg‘ona vodiysida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati 6-8° iliq atrofida bo‘ladi.
Bu yilning yanvar oyi nisbatan iliq, ammo yomg‘irli ob-havo bilan boshlandi. Respublika hududi bo‘yicha deyarli har kuni yomg‘ir, tog‘larda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatilgan.