O‘zbekistonda oziq-ovqat va oziqlanish xavfsizligi monitoringi va erta ogohlantirish tizimini rivojlantirish bo‘yicha halqaro ekspert bilan uchrashuv
21.09.2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-sonli farmonida belgilangan 1-ustuvor yo‘nalishda qayd etilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Yevropa Ittifoqining texnik ko‘magi yordamida xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda “O‘zbekiston milliy oziq-ovqat va oziqlanish xavfsizligi monitoringi va erta ogohlantirish tizimi”ni rivojlantirish rejalashtirilgan.
Niderlandiyadan jalb etilgan xalqaro ekspert Tug‘rul Temel bilan joriy yilning 21 sentabr kuni Gidrometeorologiya kuzatuv tarmoqlari boshqarmasi boshlig‘i A.Narzullayev va Agrometeorologik kuzatuvlar tarmog‘i va prognozlash bo‘limi hodimlari bilan O‘zbekistonda oziq-ovqat va oziqlanish xavfsizligi monitoringi va erta ogohlantirish tizimini rivojlantirish maqsadda hozirda kerakli ma’lumot/axborotga bo‘lgan ehtiyojlarni baholash va ishonchli oziq-ovqat va oziqlanish xavfsizligiga bog‘liq ma’lumotlar manbalarini aniqlash maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.