26 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

26 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

26.09.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 26-27 sentabr kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan salqin va biroz nam havo kirib keladi.

26-27 sentabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.

26 sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 27 sentabrda Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin.

26 sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 27 sentabrda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda (2500 m dan yuqorida) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

26 sentabrda shimolda, 27 sentabrda respublikaning barcha hududlarida havo harorati kechalari 10-13o gacha, kunduz kunlari 22-25o gacha pasayadi.

 

26 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nailishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, shimolda shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 30-35o, shimolda 20-25o bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nailishini o’zgartirib g’arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 32-34o bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-27о bo‘ladi.