Sinoptiklarning professional darajasini oshirish
23.09.2022
Joriy yilning 21-sentabr kuni Meteorologik radarlarining imkoniyatlarini o'rganish bo’yicha trening boshlangani haqida xabar bergan edik.
Bugun Meteorologik radiolokatorlarning (SRL) axborot imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha besh kunlik trening yakunlandi. O‘zgidrometning 8 nafar mutaxassisi va Milliy universitetning 4 nafar talabasi Finlyandiya meteorologiya instituti (FMI) tajribasi asosida qisqa muddatli ob-havo prognozi bo‘yicha operativ xizmatda SRRL ko‘lamini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. FMIning yetakchi mutaxassislari Enne Xirsikko xonim va janob Jakko Xirvonen o‘z tajribalari va FMI amaliyoti asosida mutaxassislarni besh kun davomida o‘qitdilar.
Treningning yopilish marosimida 12 nafar ishtirokchilarga o‘quv kursini tamomlaganliklari to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.