27 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 26 sentabr soat 20 dan 27 sentabr soat 20 gacha

27 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 26 sentabr soat 20 dan 27 sentabr soat 20 gacha

26.09.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 26-27 sentabr kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan salqin va biroz nam havo kirib keladi.

26-27 sentabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.

26 sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 27 sentabrda Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin.

 26 sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 27 sentabrda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda (2500 m dan yuqorida) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

26 sentabrda shimolda, 27 sentabrda respublikaning barcha hududlarida havo harorati kechalari 10-13o gacha, kunduz kunlari 22-25o gacha pasayadi.

 

27 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

26 sentabr soat 20 dan 27 sentabr soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17o, kunduzi 25-27o bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, Surxondaryo viloyatida ba'zi joylarda shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba'zi joylarda shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG”LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda (2500 m dan yuqorida) yomg‘ir qorga aylaishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 13-18° bo‘ladi.