TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT

TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT

23.09.2022

TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT

Joriy yilning 25-27 sentabr kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan salqin va biroz nam havo kirib keladi.

25 sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 26-27 sentabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.

25-26 sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 27 sentabrda Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin.

25 sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida, 26 sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 27 sentabrda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda (2500 m dan yuqorida) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

26 sentabrda shimolda, 27 sentabrda respublikaning barcha hududlarida havo harorati kechalari 10-13° gacha, kunduz kunlari 22-25° gacha pasayadi.

фото

26 sentabrga shamol tezligining (m/s) taqsimlanishi xaritasi