23-26 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
MUHIM HODISALAR
20 avgustda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda, jumladan:
20 avgustda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida shamol kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin.
Kuzatilayotgan iqlim o'zgarishi shunchalik tez va shiddatli sodir bo'lmoqdaki, u davlatlar va jamiyatning iqtisodiy va barqaror rivojlanishiga tahdid solmoqda. Shunday qilib, iqlim o‘zgarishi Markaziy Osiyoda, xususan, iqlim o‘zgarishi ta’siri ayniqsa zaif bo‘lgan O‘zbekistonda allaqachon jiddiy muammolarni keltirib chiqardi.