Dam olish kunlari harorat pasayadi

Dam olish kunlari harorat pasayadi

14.07.2023

О‘ZBEKISTON BO‘YICHA 14-16 IYUL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

О‘ZBEKISTON BO‘YICHA 14-16 IYUL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

Respublika hududiga eronning tropik havosi kirib kelishi natijasida ushbu hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha juda issiq ob-havo kuzatildi.

11 iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 12-13 iyul kunlari qolgan hududlarda havo harorati 40-42o gacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43-45o gacha, Qizilqum cho‘lining g‘arbida ba’zi joylarda 46o gacha ko‘tarildi.

Kuchli issiq davr uzoq davom etmadi. 13 iyul kunidan boshlab respublikamizning shimoli-g‘arbiy hududlarga Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelishni boshladi va ushbu hudud bo‘yicha harorat 5-7o ga pasaydi.

Bugun Kavkazdan kirib kelayotgan havo respublika hududi bo‘yicha harakatini davom ettiradi va barcha joylarda issiq zaiflasha boshlaydi. Bugun kunduzi havo harorati 35-39o ni tashkil etadi, eng chekka janubda 41-44o gacha bo‘ladi. Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida harorat 33-38o atrofida bo‘ladi, faqat ba’zi joylarda 39-40o ga yetadi.

14-16 iyul kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha asosan quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtimizda: 14-16 iyul kunlari asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 14 iyul kechga tomon va 15 iyulda 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Bugun kunduz kuni harorat 37-39o, dam olish kunlari 35-38o bo‘ladi.