Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2024 yil yakuni bo‘yicha natijalari yuzasidan
MA’LUMOT
Gidrometeorologiya xizmati agentligi davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslarni kuzatib borilayotgan hamda kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar, atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasi to‘g‘risidagi axborot, shuningdek xavfli gidrometeorologik hodisalar to‘g‘risidagi tezkor ogohlantirishlar bilan ommaviy axborot vositalari va internet tarmog‘i orqali doimiy ta’minlab kelmoqda.
Jumladan, 2024yil yakuni bo‘yicha respublika hududlarida kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar bo‘yicha:
712 marta qisqa va o‘rta muddatli ob-havo prognozlari;
11 marta xavfli meteorologik hodisalar yuzaga kelishi yuzasidan shoshilinch axborotlar;
15 marta Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda sug‘oriladigan va lalmi yerlarga ekilgan kuzgi boshoqli don hamda paxta ekinlarining vegetatsiya holati haqidagi ma’lumotlar;
365 marta qisqa va o‘rta muddatli gidrologik prognozlar;
26 marta xavfli gidrologik hodisalarni yuzaga kelishi bo‘yicha shoshilinch axborotlar;
19 160 marta aerodromlar bo‘yicha ob-havo prognozlari, shuningdek, 1 014 marta shoshilinch axborotlar;
23 marta respublika tog‘ hududlari, jumladan “Chimyon” rekreatsiya zonasi va “Qamchiq” dovoni bo‘yicha qor ko‘chki xavfi bo‘yicha ogohlantirishlar;
248 marta atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasi to‘g‘risidagi axborotlar taqdim etildi.
Qisqa muddatli (sutka) ob-havo prognozlari ishonchliligi – 96 foizni;
O‘rta muddatli (2-3 sutka) ob-havo prognozlari ishonchliligi – 94 foizni;
Uzoq muddatli (4-5 sutka) ob-havo prognozlari ishonchliligi – 92 foizni;
Aviatsiya prognozlari oqlanishi – 94 foiz, shtorm prognozlari – 98 foizni;
Xavfli meteorologik hodisalar yuzaga kelishi to‘g‘risida shoshilinch axborotlar ishonchliligi – 92 foizni;
Xavfli gidrometeorologik hodisalar to‘g‘risida barvaqt ogohlantirish oqlanish darajasi – 100 foizni tashkil etdi.
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan gidrometeorologiya faoliyati xalqaro va milliy standartlarga muvofiqlik prinsipi asosida olib borilmoqda, bunda Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO), Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotlarining (ICAO) tavsiyanomalari va qoidalariga to‘liq muvofiqlashtirilgan holda faoliyat yuritilmoqda.
Jumladan, respublika hududidagi barcha meteorologik kuzatuv stansiyalari tomonidan Grinvich vaqti (+5 soat) bilan muntazam ravishda har 3 soat vaqt oralig‘ida (sutkasiga 8 marotaba) kuzatuvlar amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Meteorologik kuzatuv natijalari stansiyalarda yig‘ilgan holda birlamchi tahlil qilinib, maxsus aloqa kanallari orqali Mintaqaviy telekommunikatsiya markaziga uzatiladi, ushbu ma’lumotlarga agentlikda birlamchi ishlov berilib, maxsus axborot texnologiyalari orqali tanqidiy nazoratdan o‘tkazilganidan so‘ng tahlil qilingan holda arxivlanib saqlash uchun Gidrometeorologikaxborot davlatfondiga, shuningdek, Jahon ma’lumotlar bankiga uzatiladi.
Ma’lumot uchun: birlamchi ma’lumotlar asosida tahliliy va progoztik ma’lumotlar tayyorlanadi. Ushbu ma’lumotlar OAV va internet tarmoqlari orqali yoritilib keng jamoatchilik qatlamiga, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlariga yetkaziladi.
O‘zgidromet tomonidan gidrometeorologiya faoliyati sohasida mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida mintaqaviy, global va jahon miqyosida ikki va ko‘p tomonlama sheriklik munosabatlarini rivojlantirib bormoqda. Jumladan, O‘zgidromet Markaziy Osiyo davlatlari uchun Jahon meteorologiya tashkilotining Mintaqaviyixtisoslashtirilganmeteorologiyamarkazi, shuningdek, Jahon meteorologiya tashkiloti Jahon ob-havo xizmatining gidrometeorologik ma’lumotlarni to‘plash, ishlov berish va tarqatish bo‘yicha Mintaqaviytelekommunikatsiyamarkazi funksiyalarini to‘liq bajarib kelmoqda.
Respublika hududida kutilayotgan ob-havo prognozlari, xavfli gidrometeorologik hodisalarni taxlil qilish, aviatsiya, radiolokator tarmog‘idan foydalanish, atrof tabiiy muhit sifati monitoringi, prognozlashning yangi modellarini qo‘llash, maxsuslashtirilgan dasturiy ta’minot yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash va vizuallashtirish yo‘nalishlarida Finlyandiya meteorologiya instituti bilan xamkorlikda sohaning 40 nafardan ziyod xodimlari o‘z bilim malakalarini oshirdi.
Gidrometeorologiya sohasida kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida O‘zgidromet O‘zbekiston Milliy universiteti va Rossiya Davlat Gidrometeorologiya universiteti bilan hamkorlikda 3+2 qo‘shma ta’lim dasturi doirasida 2022-2023 o‘quv yili uchun sohaning 44 nafar xodimi o‘qishga qabul qilingan. Joriy yilda 21 nafar xodim xujjat topshirdi.
O‘zbekiston Milliy universitetida 2022-2023 o‘quv yilida gidrometeorologiya yo‘nalishi bo‘yicha mahsus sirtqi o‘quv kurslariga O‘zgidromet tizimida stansiya va postlarda faoliyat ko‘rsatayotgan 250 nafar xodimlar tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilingan. Joriy yilda 32 nafar xodim xujjat topshirdi.
Toshkent gidrometeorologiya texnikumining kunduzgi, sirtqi va kechki yo‘nalishlarida 230 nafar xodimlar tahsil olmoqda. 2024-2025 o‘quv yilida platforma bo‘yicha o‘qishga kirganlar soni jami 227 tani tashkil qiladi, shundan, 178 ta sirtqi, 31 ta kunduzgi, 12 ta kechki va 6 ta dual shaklda.
Jahon meteorologiya tashkiloti dasturlari asosida joriy yilda soha xodimlarining 40 nafari yo‘nalishlar bo‘yicha malaka (onlayn) oshirib sertifikatlar olishdi.
Shuningdek, 2024 yil yakuni bo‘yicha sohada amalga oshirilayotgan islohatlar natijasida yo‘nalishlar bo‘yicha stansiyalar va postlarda mavjud bo‘lgan an’anaviy o‘lchov uskunalari, bosqichma-bosqich avtomatik kuzatuv va o‘lchov uskunalari bilan jihozlanishi natijasida ob-havo prognozlarida matematik modellardan foydalanish imkoniyatlarini yaratdi.
Ushbu modellardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida 120 nafar xodimlarning axborot texnologiyalari bo‘yicha, jumladan axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalaridan foydalanish bo‘yicha malaka ko‘nikmalari oshirildi.
O‘zgidromet tizimida avtomatlashtirilgan kuzatuv tarmoqlari ulushi 83foizni tashkil etdi, jumladan, meteorologik kuzatuv stansiyalarning 113 tasi, gidrolik kuzatuv punktlarning – 93 tasi, agrometeorologik kuzatuv postlarning – 93 tasi, atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi punktlarning – 23 tasi (shundan Toshkent shahrida 7 ta), qor ko‘chki stansiyalarning – 6 tasi avtomatik uskunalar bilan jihozlandi, shuningdek, meteorologik lokator tarmog‘i – 6 taga yetkazilib, ulardan real vaqt rejimida olinayotgan ma’lumotlar Agentlikning geoaxborot portaliga (monitoring.meteo.uz, data.meteo.uz) integratsiya qilinib, har 10 minutda yangilab borilishi ta’minlandi.
Butunjahon meteorologik tashkiloti ma’lumotlar bazasiga respublika kesimida kunlik ob-havo ma’lumotlari almashiladigan stansiyalar sonini amaldagi 39 tadan – 79 taga oshirildi.
“Zamin” xalqaro jamoat fondi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 16 ta atmosfera havosi ifloslanishini monitoring qilish avtomatik stansiyalari o‘rnatilib, mazkur shaharlarda havo ifloslanish darajasini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati yaratildi.
O‘tgan 2024 yilda Toshkent shahrining 6 ta Mirzo Ulug‘bek, Yashnaobod, Uchtepa, Sergeli, Olmazor va Yunusobod tumanida 7 ta avtamatik stansiyalar (respublikada jami 23 ta) o‘rnatildi, stansiyalardan olinayotgan ma’lumotlar yagona platformaga “monitoring.meteo.uz” va “data.meteo.uz” integratsiya qilinib, sinov tariqasida faydalanish yo‘lga qo‘yildi.
Sinov muddati muvaffvqiyatli o‘tkazilgandan so‘ng stansiyalardan olinayotgan ma’lumotlar horijiy reyting agentliklar (IQAir, AQI) bilan almashinishi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, havo sifati va gidrometeorologik faktik 11turdagi ma’lumotlar hamda xavfli gidrometeorologik prognozlar har 3 soatda O‘zgidromet rasmiy veb-sayti va O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar partalida muntazam ravishda yangilanib borilishi ta’minlandi.
Sohada kuzatuv tarmog‘ini kengaytirish, prognozlar sifatini yaxshilash maqsadida Qoraqolpog‘iston Respublikasida 2 ta, Qashqadaryoda 4 ta,Horazmda 3 ta agrometeorologik stansiya va postlar, Toshkent viloyatida “Amirsoy” va Qashqadaryo viloyatida “Taxtaqoracha” qor ko‘chki stansiyalari yangidan tashkil etildi va avtomatik kuzatuv uskunalari bilan jihozlandi.
Respublika hududlarida yangi tashkil etilgan gidrometeorologik va agrometeorologik stansiya va postlar soni 50 taga ortdi (335 tadan 385 taga).
Hozirgi vaqtda 95 ta kichik avtomatik meteostansiyalar respublika hududlariga o‘rnatilib, buning natijasida agrar sohada zarur bo‘lgan xizmatlar (o‘simlik namligi, yog‘inlar miqdori, tuproq harorati va namligini) ko‘rsatish turlari kengaydi.
I. 2024 yil yakuni natijalari bo‘yicha.
1. “Zamin” xalqaro jamoat fondi bilan hamkorlikda 8 ta (jami 16 ta) avtomatik stansiyalar Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari markazlarida hamda Toshkent shahrida o‘rnatilib, olingan ma’lumotlar monitoring.meteo.uz veb-saytida muntazam yangilanib borilishi ta’minlandi.
2. Qashqadaryo viloyatida “Taxtaqoracha” qor ko‘chki stansiyasi tashkil etilib, kuzatuvlar avtomatlashtirilgan tizim orqali davonda meteorologik ob-havo ma’lumotlari onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi.
3. Respublikaning 9 ta hududida suv resurslarining holatini onlayn monitoring qilish va toshqinlar, sel oqimlari haqida barvaqt ogohlantirish tizimini takomillashtirish maqsadida 52 ta gidrologik kuzatuv punktlari 73 ta avtomatik o‘lchash uskunalari bilan jixozlandi.
4. Surxondaryo viloyati hududiga 1 dona meteorologik radiolakator uskunasi yetkazib berildi. Ishga tushirilishi natijasida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tog‘ va tog‘oldi hududlarida havfli gidrometeorologik hodisalarni prognozlash va sodir bo‘lishi xavfi yuqori bo‘lgan zonalar aniqlanadi.
5. Respublikaning Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida “Chaqmoq hodisasini aniqlash”ga mo‘ljallangan 4 ta avtomatik stansiyalar qabul qilindi. Joriy etilishi natijasida mazkur hududlarda chaqmoq hodisasini avtomatlashgan tizim orqali onlayn monitoring qilish imkoniyati yaratiladi.
6. Gidrometeorologiya kuzatuv tarmog‘ini kengaytirish, prognozlar sifatiniyaxshilash borasida Qoraqolpog‘iston Respublikasida 2 ta, Qashqadaryoda 4 ta,Horazmda 3 ta agrometeorologik stansiya va postlari, shuningdek, Toshkent viloyatida “Amirsoy” qor ko‘chki stansiyasi ishga tushirilib, avtomatik kuzatuv uskunalari bilan jixozlandi.
7. Respublika hududidagi aerodromlarda fuqoro aviatsiya parvozlar xavfsizligini ta’minlash hamda meteorologik xizmatlar sifatini oshirish borasida 11 ta hududiy aviameteostansiyalar sifat menejmenti tizimining ISO 9001:2015 xalqaro standarti bo‘yicha sertifikatlandi.
8. Tizimda barvaqt prognozlash va respublika viloyat markazlari bo‘yicha “noukasting” modeli asosida prognozlash tizimini takomillashtirish yuzasidan Finlyandiya meteorologik instituti bilan xamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida 2024 yilda 34 nafar shundan, 30 nafar sinoptik mutaxassislar barvaqt prognozlash hamda 4 nafar IT yo‘nalishdagi mutaxassislar o‘quv amaliy treningda qatnashdi.
9. Sohada 120 nafar xodimlarning avtomatlashtirilgan uskunalar, dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazasidan foydalanish bo‘yicha malaka ko‘nikmalari oshirildi, jumladan, 5 nafar xodimlar “Axborot xavfsizligini ta’minlash” yo‘nalishida va Germaniyaning “Horiba” kompaniyasi bilan xamkorlikda tashkil etilgan avtomatlashtirilgan uskunalar, dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazasidan foydalanish bo‘yicha 117 nafar xodimlar o‘quv amaliy treningda ishtirok etib, sertifikatlarga ega bo‘ldi.
II. 2025 yilda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar.
1. Toshkent shaxrida atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi tizimini yanada takomillashtirish maqsadida 7 ta avtomatik stansiyalarni o‘rnatish va tabiiy muhit monitoringi geoaxborot tizimi “monitoring.meteo.uz” platformasiga integratsiya qilish.
2. Toshkent va Xorazm viloyatlari hududida kichik meteorologik radiolakator uskunalarini o‘rnatish orqali tog‘ va tog‘oldi hududlarda havfli gidrometeorologik hodisalarni prognozlash va sodir bo‘lishi xavfi yuqori bo‘lgan zonalarni aniqlash.
3. Respublikada aviameteorologik stansiyalar faoliyati natijadorligini oshirish maqsadida ISO 9001:2015 xalqaro standarti bo‘yicha sifat menejmenti tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
4. Meteorologik prognozlar oqlanish darajasini oshirish maqsadida atmosferaning turli qatlamlarida (30 000 metr balandlikgacha, radiusi 250 km) sodir bo‘layotgan meteorologik jarayonlarni (havo harorati, namligi, shamol tezligi, yo‘nalishi, atmosfera bosimi) kuzatish uchun Buxoro va Toshkent viloyatlarida aerologik kuzatuv stansiyalarini tashkil etish.
5. Iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishi va aholini gidrometeorologik ma’lumotlar – ob-havo prognozlari, tezkor gidrometeorologik axborotlar(shtorm ogohlantirish), havo ifloslanishi monitoringi ma’lumotlari bilan ta’minlash, shuningdek, keng Ommaviy axborot vositalari (televideniya va radio), ijtimoiy tarmoqlar (telegramm, feysbuk, instagramm, yu-tube) orqali kundalik xabardor etib borish.