14 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

14 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

14.07.2023

14 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 34-39o, janubda ba’zi joylarda 41-44o gacha bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim jolarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 37-39o bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog’li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-31° bo‘ladi.