Toshkent kanallari va suv omborlarida suv sifati
14.07.2023
2023-yil 12-iyul kuni suv ifloslanishi indeksi boʻyicha (SII) kimyoviy ifloslantiruvchilar miqdorini aniqlash uchun yer usti suvlaridan namunalar olindi va tahlil qilindi:
- Boʻzsuv kanali — Teleminora hududi. Suv sifati III sinf oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII - 1,15.
- Qorasuv kanali — Furqat bogʻi hududida. Suv sifati III sinf oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII - 1,68.
- Salar kanali — Ekoparkdan quyida. Suv sifati IV sinf ifloslangan suvlarga mos keladi, SII - 2,88.
- Anxor kanali — Kichik xalqa yoʻlidan quyida. Suv sifati II sinf toza suvlar, SII - 0,83.
- Boʻrijar kanali – Magic city bogʻi hududi. Suv sifati III sinf oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII - 1,05
- Chorvoq suv ombori – Suv sifati II sinf toza suvlar, SII - 0,99.
- Tuyaboʻgʻiz suv ombori – Suv sifati III sinf oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII- 1,22.
Ma'lumot uchun: Suv ifloslanishi indeksidan (SII)- yer usti suvlari sifatini kompleks baholash uchun foydalaniladi. U nafaqat suv sifatini turli suv ob'ektlarida solishtirishga, balki suv sifatini vaqtinchalik va fazoviy dinamikasini baholash imkonini beradi.