Iyul oyining o‘rtasida issiq ob-havo

Iyul oyining o‘rtasida issiq ob-havo

14.07.2023

Iyul oyining birinchi o‘n kunligida O‘zbekiston hududi bo‘yicha kuzatilgan qulay ob-havo sharoitidan so‘ng, ikkinchi o‘n kunligining boshida yoz o‘z ta’sirini o‘tkazishga qaror qildi.

11 iyuldan boshlab respublika hududi bo‘yicha termik depressiya kuzatildi - bu odatda O‘rta Osiyoning barcha hududlari bo‘yicha eng issiq ob-havo davri bilan bog‘liq bo‘lgan sinoptik jarayondir.

Ushbu jarayon yuqori o‘rkach rivojlanishi bilan tavsiflandi, bu bilan O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq tropik havoning kirib kelishi kuchaydi.

Termik depressiyaning davomiyligi 2-3 kundan 5-7 kungacha o‘zgarib turadi, ayrim yillarda esa 1,5-2 haftagacha saqlanib turishi mumkin.

11-13 iyul kunlari issiq maksimal rivojlanish ko‘rsatkichlariga yetdi. Havo harorati 40-42o gacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 43-45o gacha, Qizilqum cho‘lining g‘arbida ba’zi joylarda 46o gacha ko‘tarildi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda har yili bunga yaqin maksimal harorat qiymatlari kuzatilmoqda.

Biroq, o‘tgan yillarda respublika hududi bo‘yicha o‘rnatilgan mutlaq maksimal harorat tengsiz bo‘lib qoldi.

Kuchli issiq davr uzoq davom etmadi.

13 iyul kunidan boshlab respublikamizning shimoli-g‘arbiy hududlariga Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelishi boshladi va ushbu hudud bo‘yicha harorat 5-7o ga pasaydi.

12 iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 13 iyulda Xorazm viloyati va Navoiy viloyati g‘arbiy tumanlarida issiq zaiflasha boshladi. Havo harorati 5-7o ga pasaydi.

Respublikaning qolgan hududlarida 14 iyuldan harorat pasayishni boshladi. Bugun kunduzi maksimal harorat 34-39o ni tashkil etadi, Surxondaryo viloyatining janubida 41-43o gacha bo‘ladi. Dam olish kunlari havo harorati 33-38o dan oshmaydi, faqat ba’zi joylarda 39-40o ga yetadi. Keyingi haftaning boshida havo harorati biroz ko‘tariladi, ammo bu ko‘tarilish yana qisqa muddatli bo‘ladi.