15-17 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
15-17 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 16 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 17 mayda ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.