23-25 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

23-25 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

21.02.2025

23-25 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 23 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 24-25 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23 fevralda 1-6° sovuq, 24-25 fevralda 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog’ingarchilik (yomg’ir qorga aylanadi) bo’ladi, ayrim joylarda kuchli bo’lishi mumkun. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 24 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 25 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 
23 fevralda 1-6° sovuq, 24-25 fevralda 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND,JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 23-24 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 24 fevralda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 25 fevralda yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon ayrim joylarda qorga aylanadi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 23 fevralda 15-20° iliq, 24 fevralda 12-17° iliq, 25 fevralda 7-12° iliq bo’ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 23-24 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 25 fevralda yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon ayrim joylarda qorga aylanadi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 23 fevralda 18-23° iliq, 24 fevralda 10-15° iliq, 25 fevralda 7-12° iliq bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirb, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-24 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 25 fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 23-24 fevralda 7-12° iliq, 25 fevralda 2-7° iliq bo‘ladi.