22-24 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
20.02.2025
22-24 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 23-24 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-23 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 22-23 fevralda 13-18° iliq, 24 fevralda 15-20° iliq; Navoiy viloyatining shimolida 22 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 23-24 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 22 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 23-24 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-23 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22 fevralda 3-8° iliq, 23-24 fevralda 5-10° iliq, kunduzi 22 fevralda 17-22° iliq, 23 fevralda 15-20° iliq, 24 fevralda 12-17° iliq bo’ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 22 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 23-24 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-23 fevralda 4-9° iliq, 24 fevralda 7-12° iliq, kunduzi 22 fevralda 17-22° iliq, 23 fevralda 18-23° iliq, 24 fevralda 12-17° iliq bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22 fevralda 0-5° iliq, 23-24 fevralda 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 23-24 fevralda ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.