21-23 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

21-23 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

19.02.2025

21-23 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, 

XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 21 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 22 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 23 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-22 fevralda 0-5° iliq, 23 fevralda 0-5° sovuq, kunduzi 21 fevralda 11-16° iliq, 22 fevralda 5-10° iliq, 23 fevralda 0-5° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 21 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 22 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 21 fevralda 15-20° iliq, 22-23 fevralda 13-18° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 21-22 fevralda 0-5° iliq, 23 fevralda 0-5° sovuq, kunduzi 21 fevralda 11-16° iliq, 22 fevralda 5-10° iliq, 23 fevralda 0-5° iliq bo‘ladi.

 

TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 21-22 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 23 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21 fevralda 2-7° iliq, 22-23 fevralda 3-8° iliq, kunduzi 21 va 23 fevralda 15-20° iliq, 22 fevralda 17-22° iliq bo’ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 21-22 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 23 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 21-22 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-22 fevralda 0-5° iliq, 23 fevralda 2-7° iliq, kunduzi 21 fevralda 12-17° iliq, 22-23 fevralda 15-20° iliq bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 21 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 22-23 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 21 fevralda 5-10° iliq, 22-23 fevralda 7-12° iliq bo‘ladi.