13-14 oktabr kunlari O‘zgidromet Bosh direktori Sh.Habibullayev markaziy apparat mas’ul boshqarma va bo‘linmalari boshliqlari hamrohligida Qashqadaryo viloyati Gidrometeorologiya boshqarmasi va kuzatuv tarmog‘idagi G‘uzor hamda Oqrabod stansiyalariga tashkillashtirilgan ishchi xizmat safari davomida stansiyalar kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
2021 yilning 14 oktabr kuni “Yuksalish” umummilliy harakati binosida Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 iyundagi 305-F-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “Iqlim o‘zgarishining O‘zbekistondagi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha qisqa (2021-2023 yillar) va o‘rta (2023-2025 yillar) muddatli chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi”da belgilangan tadbirlarning ijrosini muhokama qilish maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘tgan dam olish kunlari yog‘ib o‘tgan yomg‘ir va keskin sovuqdan so‘ng, ushbu hafta davomida ob-havo O‘zbekiston aholisini quyoshli va iliq ob-havo bilan quvontirdi.
Ushbu dam olish kunlari va keyigi hafta boshida respublika bo‘yicha kuchsiz shamollar bilan bulutsiz ob-havo saqlanib turadi.
Kuni kecha Wyndham Tashkent mehmonxonasining anjumanlar zalida, BMTTD ko‘magida, Yashil iqlim jamg‘armasi (YаIJ) tomonidan moliyalashtirilgan "Iqtisodiyotning zaif tarmoqlari va mintaqalarga yo‘naltirilgan O‘zbekistonda o‘rta va uzoq muddatli moslashish chora - tadbirlari va harakatlarini rejalashtirishni targ‘ib qilish maqsadida