29 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

29 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

29.06.2022

MUHIM HODISALAR

29 iyun kunlari O‘zbekiston hududida issiq havo harorati saqlanib turishi sababli havo harorati:

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 43-45o gacha;

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 40-42o gacha ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.

 

29 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, shimolda ba’zi joylarda o‘zgarib turadi,  yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat 37-42o, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarida 43-45o gacha bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi 41-43o bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim tog’li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 30-35о bo‘ladi.