30 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
30.06.2022
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 30 iyunidan 3 iyuligacha bo‘lgan davrda tog‘larda kutilayotgan yuqori harorat foni hisobiga Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyati tog‘ oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha: So‘x, Farg‘ona tumanlarida va So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.
30 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat 37-42o, janubda 43-45o bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 39-41o bo‘ladi.
Respublikaning togʼli hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim tog’li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 30-35о bo‘ladi.