Bahorning birinchi oyi kirib keldi. Bu yil ham, O‘zbekistonda tez-tez kuzatilgani kabi, fevral oyida ayrim kunlar bahoriy iliq bo‘ldi. Mart oyi ham harorat ko‘tarilishi bilan boshlanadi. 1-4 mart kunlari havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 4 martga kelib havo kunduzi 20-23° iliqgacha isiydi.