17 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI 16 aprel soat 20 dan – 17 aprel soat 20 gacha

17 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI 16 aprel soat 20 dan – 17 aprel soat 20 gacha

16.04.2022

 

SHOSHILINCH AXBOROT

Joriy yilning 18-20 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi.
18-20 aprelda O‘zbekiston hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldirorq bo‘lishi mumkin, jumladan:
19 aprelda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
19-20 aprelda Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
20 aprelda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
19-20 aprelda respublikaning ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.
18-20 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda,
18 aprelda ba’zi joylarda chang to‘zon bo‘lishi kuzatiladi.

19-20 aprelda kunduzgi havo harorati 18-23o gacha pasayadi.

17 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI 16 aprel soat 20 dan – 17 aprel soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat
kechasi 16-18o, kunduzi 31-33o bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang to‘zon bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15o, kunduzi 16-21o bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, Navoiy viloyatining shimoliy xududlarida  ba’zii joylarda chang to‘zon bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 14-19°, kunduzi
30-35° bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 3
1-36° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 2
7-32° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.