19 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI 18 aprel soat 20 dan – 19 aprel soat 20 gacha
18.04.2022
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 18-20 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi.
18-20 aprelda O‘zbekiston hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldirorq bo‘lishi mumkin, jumladan:
19 aprelda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
19-20 aprelda Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
20 aprelda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
19-20 aprelda respublikaning ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.
18-20 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 18 aprelda ba’zi joylarda chang to‘zon bo‘lishi kuzatiladi.
19-20 aprelda kunduzgi havo harorati 18-23o gacha pasayadi.
19 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
18 aprel soat 20 dan – 19 aprel soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17o, kunduzi 25-27o bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang to‘zon bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13o, kunduzi 18-23o bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang to‘zon bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang to‘zon bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang to‘zon bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang to‘zon bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang to‘zon bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang to‘zon bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 11-16° bo‘ladi.