16 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

16 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

16.04.2022

SHOSHILINCH AXBOROT

Joriy yilning 18-20 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi.
18-20 aprelda O‘zbekiston hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldirorq bo‘lishi mumkin, jumladan:
19 aprelda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
19-20 aprelda Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
20 aprelda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
19-20 aprelda respublikaning ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.
18-20 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 18 aprelda ba’zi joylarda chang to‘zon bo‘lishi kuzatiladi.
19-20 aprelda kunduzgi havo harorati 18-23o gacha pasayadi.

16 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 30-35o bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat
30-32o bo‘ladi.

Respublikaning tog’ oldi va togʼli hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi,yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 22-27o bo‘ladi.