18 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
18.04.2022
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 18-20 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi.
18-20 aprelda O‘zbekiston hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldirorq bo‘lishi mumkin, jumladan:
19 aprelda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
19-20 aprelda Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
20 aprelda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
19-20 aprelda respublikaning ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.
18-20 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol
17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 18 aprelda ba’zi joylarda chang to‘zon bo‘lishi kuzatiladi.
19-20 aprelda kunduzgi havo harorati 18-23o gacha pasayadi.
Joriy yilning 18-21 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘ir yog‘ishi tufayli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel hodisalari kuzatilishi mumkin.
18 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kechga tomon Jizzax viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang to‘zon bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30o, yomg’ir vaqtida 20-25o bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-29o bo‘ladi.
Respublikaning togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-22o bo‘ladi.