O‘zbekiston bo‘yicha havo yana salqinlashdi
Bugun ertalab O‘zbekiston aholisi mamlakatimizga janubiy Ural hududlaridan kirib kelgan salqin havoni his qilishdi. Quruq, ammo salqin havo massasining kirib kirishi harorat fonining iqlimiy ma’yorlargacha pasayishida aks etdi. Bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida harorat 26-29° ni, shimolda 22-25° ni, respublika janubida 32-35° ni tashkil etadi.