30 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
30.07.2022
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 30 iyuldan 1 avgustgacha kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, Toshkent, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
30 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bo’lishi mumkin. Harorat 32-37o bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-36o bo‘ladi.
Respublikaning togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25о bo‘ladi.