Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha qulay havo harorati bo‘lishi kutilmoqda
29.07.2022
O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 29-31 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun respublika hududining katta qismida havo harorati 33-38o, janubda ba’zi joylarda 40o gacha bo‘lgan quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat rsepublikaning shimoli-g‘arbida ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda, ammo hududlarning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda, 30 iyul shanba kuni Toshkent viloyatida va
31 iyul yakshanba kuni Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechalari 20-23o, kunduz kunlari 33-36o atrofida bo‘ladi, bu iyul oyi oxiridagi iqlimiy me’yorlarga yaqindir.
Ushbu kunlarda janubda va cho‘l hududlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.