Ushbu hafta davomida havo kam bulutli va quruq bo‘ladi

Ushbu hafta davomida havo kam bulutli va quruq bo‘ladi

13.09.2021

Ushbu hafta davomida havo kam bulutli va quruq bo‘ladi

O‘tgan hafta davomida Volga bo‘yi hududlaridan antitsiklon hisobiga kirib kelgan salqin havo asta-sekin kuchsizlanadi. Salqin havo sharqqa Qozog‘iston hududi tomonga qarab chekinadi.

Bugun O‘zbekistonda harorat 27-32° bo‘lgan quruq va nisbatan salqin havo bo‘lishi kutilmoqda, bu ushbu kunlarning me’yoriy qiymatlariga yaqindir.

Ertaga va haftaning oxirigacha respublika hududi bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Kechasi va erta tongda havo 12-15° atrofida salqin bo‘ladi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni isitadi va harorat seshanba kuni 29-34° dan - hafta oxiriga kelib 32-37° gacha asta-sekin ko‘tariladi.