Ushbu hafta davomida havo kam bulutli va quruq bo‘ladi
13.09.2021
![Ushbu hafta davomida havo kam bulutli va quruq bo‘ladi](/sites/default/files/styles/large/public/2021-09/photo_2021-08-16_10-13-00_2.jpg?itok=i1AMGtPz)
O‘tgan hafta davomida Volga bo‘yi hududlaridan antitsiklon hisobiga kirib kelgan salqin havo asta-sekin kuchsizlanadi. Salqin havo sharqqa Qozog‘iston hududi tomonga qarab chekinadi.
Bugun O‘zbekistonda harorat 27-32° bo‘lgan quruq va nisbatan salqin havo bo‘lishi kutilmoqda, bu ushbu kunlarning me’yoriy qiymatlariga yaqindir.
Ertaga va haftaning oxirigacha respublika hududi bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Kechasi va erta tongda havo 12-15° atrofida salqin bo‘ladi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni isitadi va harorat seshanba kuni 29-34° dan - hafta oxiriga kelib 32-37° gacha asta-sekin ko‘tariladi.