O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 28-APREL, 2-MAY KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
28.04.2025
Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi,
faqat respublikaning eng shimolida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida
ayrim joylarda qisqa muddatil momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Respublika hududining katta qismida yoz kabi 35-38 darajagacha
issiq bo‘ladi.
Seshanba va chorshanba kulari havo harorati pasayadi, chorshanba kuniga kelib harorat 25-30 darajani tashkil etadi.
Haftaning ikkinchi yarmidan harorat yana ko‘tarila boshlaydi
va ish haftasining oxiriga kelib havo 30-33 darajagacha isiydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ertaga 15-20 daraja atrofida eng salqin kun bo‘ladi, so‘ng harorat asta-sekin 28-30 darajagacha ko‘tariladi.
Respublika hududining katta qismida hafta davomida quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat 29-30 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda, 1-2 may kunlari Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-30 aprelda ba’zi joylarda
15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda 28-30 aprel va 1-2 may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzi harorat 36-38 daraja, seshanba kuni 31-33 daraja, chorshanba kuni 26-28 daraja bo‘ladi.
Ish haftasining ikkinchi yarmida harorat 29-31 darajagacha ko‘tariladi.
O‘zgidromet
2025-yil 28-aprel