O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 28-APREL, 2-MAY KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 28-APREL, 2-MAY KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

28.04.2025

Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, 
faqat respublikaning eng shimolida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 
ayrim joylarda qisqa muddatil momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Respublika hududining katta qismida yoz kabi 35-38 darajagacha 
issiq bo‘ladi.

Seshanba va chorshanba kulari havo harorati pasayadi, chorshanba kuniga kelib harorat 25-30 darajani tashkil etadi.

Haftaning ikkinchi yarmidan harorat yana ko‘tarila boshlaydi 
va ish haftasining oxiriga kelib havo 30-33 darajagacha isiydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ertaga 15-20 daraja atrofida eng salqin kun bo‘ladi, so‘ng harorat asta-sekin 28-30 darajagacha ko‘tariladi.

Respublika hududining katta qismida hafta davomida quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat 29-30 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda, 1-2 may kunlari Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. 

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-30 aprelda ba’zi joylarda 
15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Toshkentda 28-30 aprel va 1-2 may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzi harorat 36-38 daraja, seshanba kuni 31-33 daraja, chorshanba kuni 26-28 daraja bo‘ladi.

Ish haftasining ikkinchi yarmida harorat 29-31 darajagacha ko‘tariladi.

 

 

O‘zgidromet

2025-yil 28-aprel