O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 4-6-APREL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 4-6-APREL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

04.04.2025

Bugun kun davomida respublika hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. 4 aprelga kechga tomon va 5 aprelda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida bugun kunduzi ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, ertaga 5 aprel kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi.

6 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

4-6 aprel kunlari harorat foni ancha yuqori bo‘ishi saqlanib turadi. Kunduz kunlari havo 23-28 darajagacha, ba’zi joylarda 30 darajagacha isiydi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 
15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

Toshkentda bugun kunduzi yog‘ingarilik kutilmaydi, 4 aprelda kechga tomon, 5 aprelda kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 5 aprelda kunduzi biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

6 aprelda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumikn.

Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 4 aprelda kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayadi.

Harorat 4 aprelda 28-30 daraja, 5-6 aprelda 23-26 daraja bo‘ladi 
Harorat asosan kechalari 12-15 daraja bo‘ladi.

 

 

O‘zgidromet

2025-yil 4-aprel