O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 4-6-APREL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
04.04.2025
Bugun kun davomida respublika hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. 4 aprelga kechga tomon va 5 aprelda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida bugun kunduzi ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, ertaga 5 aprel kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi.
6 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
4-6 aprel kunlari harorat foni ancha yuqori bo‘ishi saqlanib turadi. Kunduz kunlari havo 23-28 darajagacha, ba’zi joylarda 30 darajagacha isiydi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda
15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda bugun kunduzi yog‘ingarilik kutilmaydi, 4 aprelda kechga tomon, 5 aprelda kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 5 aprelda kunduzi biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
6 aprelda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumikn.
Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 4 aprelda kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayadi.
Harorat 4 aprelda 28-30 daraja, 5-6 aprelda 23-26 daraja bo‘ladi
Harorat asosan kechalari 12-15 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 4-aprel