2024 YIL IYUL OYI

2024 YIL IYUL OYI

07.08.2024

Iqlim xususiyatlariga ko‘ra yozning eng issiq oyi -Iyul oyi ham yakuniga yetdi.

Ushbu yil hududning katta qismida iyulda o‘rtacha oylik harorat o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lib, markaziy viloyatlarning qator tumanlarida va respublikaning janubida me’yordan 1-1,7o ga yuqori bo‘ldi.

Bu yil iyul oyining katta qismida harorat tartibi juda qulay bo‘ldi, bunday holat O‘zbekistonda yoz faslining o‘rtasi uchun xos emasdir.

Respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati 32-37o atrofida bo‘ldi. Faqat respublika janubida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda havo kunduz kunlari 39-41o gacha isidi.

Iyul oyi uchinchi o‘n kunligining boshidan boshlab issiq asta-sekin ko‘tarila boshladi va o‘n kunlikning o‘rtalariga kelib haroratning maksimal qiymati 
38-41o ga, cho‘l hududlari janubida 42-44o ga, O‘zbekistonning eng janubiy nuqtasi - Termiz shahrida esa 45-46o ga yetdi. 25-28 iyul kunlari issiq eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarilgan kunlar kuzatildi. Oyning oxirgi kunlarida harorat biroz pasaydi.

O‘tgan iyul oyida O‘zbekistonning barcha hududlarida maksimal havo harorati o‘zining rekord ko‘rsatkichlardan ancha uzoq bo‘ldi. 

 

Meteostansiya

2024 yil iyul oyi maksimal harorati (oS)

Barcha kuzatuv yillari uchun mutlaq maksimum (oS)

Toshkent

40,6

44,6 /1997 

Nukus

39,1

46,0 /2018 

Mo‘ynoq (Orol bo‘yi)

41,3

46,5 /2019 

Urganch

40,3

45,5 /2018 

Buxoro

41,2

46,0 /1997 

Navoiy

41,5

45,9 /2021 

Buzaubay (Qizilqum cho‘li)

43,1

49,5 /1983 

Nurafshon

40,5

42,7 /1983 

Samarqand

39,2

42,4 /1983 

Jizzax 

39,3

43,9 /1914 

Sirdaryo

41,3

45,0 /1944 

Qarshi

42,0

47,4 /1944 

Muborak (dasht hududi)

43,0

48,6 /1944 

Termiz

46,0

48,6 /1914 

Andijon

39,5

41,7 /1953 

Namangan

40,0

42,4 /1921 

Farg‘ona

39,1

42,4 /1944 

 

Maksimal harorat 40o va undan yuqori bo‘lgan kunlar soni 2024 yil iyul oyida hududning katta qismida 1-3 kunni, cho‘l hududlarda 4-7 kunni tashkil etdi. Maksimal harorat 40o va undan yuqori bo‘lgan eng ko‘p kunlar soni dasht hududida (Muborak) - 11 kun va eng chekka janubda (Termiz)- 
15 kun kuzatildi.

 

O‘zbekistonning turli hududlarida 2024 yil iyul oyida 

maksimal havo harorati 40o va undan yuqori bo‘lgan kunlar soni 

(2014-2023 yy. iyul oylari uchun o‘rtacha va maksimal qiymatlar bilan solishtirganda)

 

O‘tgan iyul oyida maksimal havo harorati 40o va o‘tgan yuqori bo‘lgan kunlar soni so‘nggi 10 yil ichida eng kam bo‘ldi. 

Hududning katta qismida bunday issiq kunlarning eng ko‘p soni 
2019 yil iyul oyida kuzatildi. Masalan, Toshkentda 2019 yil iyul oyida ketma-ket 14 kun davomida havoning maksimal harorati 40o dan yuqori, eng issiq kunlarda esa 43o ga yetdi.

Respublika shimolida maksimal havo harorati 40o dan yuqori bo‘lgan eng ko‘p kunlar soni 2018 yil iyul oyida kuzatildi. Ushbu yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda havo haroratining tarixiy maksimumlari 46-48o qayd etildi.

Odatda yozning o‘rtalarida kuzatilgani kabi, o‘tgan iyul oyida yomg‘ir juda notekis yog‘di. Yomg‘ir kamdan-kam va hududning katta qismida biroz yog‘di. 

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘irlar tez-tez yog‘di va ayrim kunlarda jadalligi biroz bo‘ldi.

Chimbay meteostansiyasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shimoliy hududlari) hududida kuchli jala yomg‘ir yog‘ishi holati eng g‘ayrioddiy bo‘ldi, bunda 7 iyul kuni 2 soat 40 daqiqada 23 mm yomg‘ir yog‘di, bu holat ushbu hudud uchun iyul oyi bir kecha-kunduzlik yog‘ingarchilik miqdorining mutlaq maksimumini (ilgari 14 mm bo‘lgan) yangiladi.

Respublika shimolida va cho‘l hududlarida ayrim kunlarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, Bekobod meteostansiyasi hududida 22-25 m/s gacha kuchaydi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatildi, ko‘rinuvchanlik 1000 m gacha yomonlashdi.

Navoiy meteostansiyasi hududida 7 iyul kuni shamol tezligi 35 m/s ga yetdi. Bu ushbu hudud uchun rekord shamol tezligining takrorlanishidir.

Jizzax, Surxondaryo, Andijon va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarida jala yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga sel-suv toshqin hodisalari yuzaga keldi.