2024 YIL IYUL OYI
07.08.2024
Iqlim xususiyatlariga ko‘ra yozning eng issiq oyi -Iyul oyi ham yakuniga yetdi.
Ushbu yil hududning katta qismida iyulda o‘rtacha oylik harorat o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lib, markaziy viloyatlarning qator tumanlarida va respublikaning janubida me’yordan 1-1,7o ga yuqori bo‘ldi.
Bu yil iyul oyining katta qismida harorat tartibi juda qulay bo‘ldi, bunday holat O‘zbekistonda yoz faslining o‘rtasi uchun xos emasdir.
Respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati 32-37o atrofida bo‘ldi. Faqat respublika janubida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda havo kunduz kunlari 39-41o gacha isidi.
Iyul oyi uchinchi o‘n kunligining boshidan boshlab issiq asta-sekin ko‘tarila boshladi va o‘n kunlikning o‘rtalariga kelib haroratning maksimal qiymati
38-41o ga, cho‘l hududlari janubida 42-44o ga, O‘zbekistonning eng janubiy nuqtasi - Termiz shahrida esa 45-46o ga yetdi. 25-28 iyul kunlari issiq eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarilgan kunlar kuzatildi. Oyning oxirgi kunlarida harorat biroz pasaydi.
O‘tgan iyul oyida O‘zbekistonning barcha hududlarida maksimal havo harorati o‘zining rekord ko‘rsatkichlardan ancha uzoq bo‘ldi.
Meteostansiya | 2024 yil iyul oyi maksimal harorati (oS) | Barcha kuzatuv yillari uchun mutlaq maksimum (oS) |
Toshkent | 40,6 | 44,6 /1997 |
Nukus | 39,1 | 46,0 /2018 |
Mo‘ynoq (Orol bo‘yi) | 41,3 | 46,5 /2019 |
Urganch | 40,3 | 45,5 /2018 |
Buxoro | 41,2 | 46,0 /1997 |
Navoiy | 41,5 | 45,9 /2021 |
Buzaubay (Qizilqum cho‘li) | 43,1 | 49,5 /1983 |
Nurafshon | 40,5 | 42,7 /1983 |
Samarqand | 39,2 | 42,4 /1983 |
Jizzax | 39,3 | 43,9 /1914 |
Sirdaryo | 41,3 | 45,0 /1944 |
Qarshi | 42,0 | 47,4 /1944 |
Muborak (dasht hududi) | 43,0 | 48,6 /1944 |
Termiz | 46,0 | 48,6 /1914 |
Andijon | 39,5 | 41,7 /1953 |
Namangan | 40,0 | 42,4 /1921 |
Farg‘ona | 39,1 | 42,4 /1944 |
Maksimal harorat 40o va undan yuqori bo‘lgan kunlar soni 2024 yil iyul oyida hududning katta qismida 1-3 kunni, cho‘l hududlarda 4-7 kunni tashkil etdi. Maksimal harorat 40o va undan yuqori bo‘lgan eng ko‘p kunlar soni dasht hududida (Muborak) - 11 kun va eng chekka janubda (Termiz)-
15 kun kuzatildi.
O‘zbekistonning turli hududlarida 2024 yil iyul oyida
maksimal havo harorati 40o va undan yuqori bo‘lgan kunlar soni
(2014-2023 yy. iyul oylari uchun o‘rtacha va maksimal qiymatlar bilan solishtirganda)
O‘tgan iyul oyida maksimal havo harorati 40o va o‘tgan yuqori bo‘lgan kunlar soni so‘nggi 10 yil ichida eng kam bo‘ldi.
Hududning katta qismida bunday issiq kunlarning eng ko‘p soni
2019 yil iyul oyida kuzatildi. Masalan, Toshkentda 2019 yil iyul oyida ketma-ket 14 kun davomida havoning maksimal harorati 40o dan yuqori, eng issiq kunlarda esa 43o ga yetdi.
Respublika shimolida maksimal havo harorati 40o dan yuqori bo‘lgan eng ko‘p kunlar soni 2018 yil iyul oyida kuzatildi. Ushbu yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda havo haroratining tarixiy maksimumlari 46-48o qayd etildi.
Odatda yozning o‘rtalarida kuzatilgani kabi, o‘tgan iyul oyida yomg‘ir juda notekis yog‘di. Yomg‘ir kamdan-kam va hududning katta qismida biroz yog‘di.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘irlar tez-tez yog‘di va ayrim kunlarda jadalligi biroz bo‘ldi.
Chimbay meteostansiyasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shimoliy hududlari) hududida kuchli jala yomg‘ir yog‘ishi holati eng g‘ayrioddiy bo‘ldi, bunda 7 iyul kuni 2 soat 40 daqiqada 23 mm yomg‘ir yog‘di, bu holat ushbu hudud uchun iyul oyi bir kecha-kunduzlik yog‘ingarchilik miqdorining mutlaq maksimumini (ilgari 14 mm bo‘lgan) yangiladi.
Respublika shimolida va cho‘l hududlarida ayrim kunlarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, Bekobod meteostansiyasi hududida 22-25 m/s gacha kuchaydi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatildi, ko‘rinuvchanlik 1000 m gacha yomonlashdi.
Navoiy meteostansiyasi hududida 7 iyul kuni shamol tezligi 35 m/s ga yetdi. Bu ushbu hudud uchun rekord shamol tezligining takrorlanishidir.
Jizzax, Surxondaryo, Andijon va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarida jala yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga sel-suv toshqin hodisalari yuzaga keldi.