15-17 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
13.12.2023
15-17 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 16 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 17 dekabrda 4-9° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 15-16 dekabrda 2-7° iliq, 17 dekabrda 3-8° iliq; Navoiy viloyatining shimolida 15-16 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi
0-5° sovuq; 17 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16 dekabrda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 4-9° iliq; 16 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq; 17 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 16 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq;
17 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 16 dekabrda kechasi
3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 17 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, 16 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 16 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq; 17 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.