15-17 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

15-17 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

13.12.2023

15-17 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 16 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 17 dekabrda 4-9° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 15-16 dekabrda 2-7° iliq, 17 dekabrda 3-8° iliq; Navoiy viloyatining shimolida 15-16 dekabrda kechasi 5-10°  sovuq, kunduzi
0-5° sovuq;
17 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16 dekabrda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 4-9° iliq; 16 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq; 17 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 16 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq;
17 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq
bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 16 dekabrda kechasi
3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 17 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq
bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, 16 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 16 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq; 17 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.