6 АVGUST KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI

6 АVGUST KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI

06.08.2021

MUHIM HODISАLАR 


6-8 avgust kunlari kutilayotgan mahalliy yomgʼirlar sababli, respublikaning togʼ oldi va togʼli hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

6 АVGUST KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo biroz bulutli boʼladi, ba’zi joylarda oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi, faqat Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlarida kunning ikkinchi yarimida qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 35-40
°, shimolda, janubda va cho’l hududlarining ba’zi joylarida 42° gacha bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli boʼladi, vaqti-vaqti bilan oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan
5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 37-39
° boʼladi.

Respublikaning togʼli hududlarda havo biroz bulutli boʼladi, baʼzi joylarda oʼzgarib turadi, kunning ikkinchi yarimida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʼir yogʼishi, momaqaldiroq boʼlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30° boʼladi.