6 АVGUST KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI
06.08.2021
MUHIM HODISАLАR
6-8 avgust kunlari kutilayotgan mahalliy yomgʼirlar sababli, respublikaning togʼ oldi va togʼli hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.
6 АVGUST KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo biroz bulutli boʼladi, ba’zi joylarda oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi, faqat Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlarida kunning ikkinchi yarimida qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 35-40°, shimolda, janubda va cho’l hududlarining ba’zi joylarida 42° gacha bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli boʼladi, vaqti-vaqti bilan oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 37-39° boʼladi.
Respublikaning togʼli hududlarda havo biroz bulutli boʼladi, baʼzi joylarda oʼzgarib turadi, kunning ikkinchi yarimida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʼir yogʼishi, momaqaldiroq boʼlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30° boʼladi.