Andijon viloyati Gidrometeorologiya boshqarmasi mutaxassislari klasterlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
23.02.2022
Andijon viloyati Gidrometeorologiya boshqarmasi yuqorida berilgan topshiriq ijrosini bajarish maqsadida, Andijon viloyati Oltinko‘l tumani Qo‘shtepa massivida Andijon viloyati hokimining Qishloq va suv xo‘jali masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Ismatullaev Maxmudovich boshchiligida tashkil etilgan seminarda qishloq xo‘jalik sohasida faoliyat olib borayotgan viloyatdagi barcha fermer xo‘jaliklari va paxta-g‘allachilik bo‘yicha klaster rahbarlari hamda viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasi xodimlariga Gidrometeorologiya sohasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida va bu soha qishloq xo‘jalik sohasiga qanchalik kerakligi to‘g‘risida viloyat gidrometeorologiya boshqarmasi boshlig‘i I. Maxmudov tomonidan tushintirib o‘tildi. Bundan tashqari seminar yakunida bir nechta klasterlar bilan hamkorlikda ish olib borish yo‘lga qo‘yildi. Viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasi bilan shu joyni o‘zida yillik shartnomalar tuzilib, har oyda chiqiladigan avtoyo‘nalishlarga qishloq xo‘jaligi mutaxassislari bilan birga chiqilishi rejalshtirildi.